Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Ular Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Italiya – Markaziy Osiyo" vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy-diplomatik, chegaralar, savdo-iqtisodiy, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilinib, ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy vaziyat, jumladan, Afg‘onistondagi holat yuzasidan fikr almashildi.
Javohirbek Tursunov








