Siyosat

Samarqandda 600 dan ortiq yangi mehmonxona tashkil etiladi

Prezident viloyatda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Samarqandda 600 dan ortiq yangi mehmonxona tashkil etiladi

 

Bugun, 9-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandni zamonaviy shaharga aylantirish, aholi, tadbirkorlar va investorlar uchun qulayliklarni oshirish, turizm rivoji uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, yaqin yillarda Samarqand yashash uchun qulay “millionli shahar”ga aylantiriladi. Buning uchun shahar tarkibiga qo‘shni tumanlardan muayyan hududlar qo‘shiladi. Davlat idoralari va maʼmuriy xizmatlar tarixiy markazdan boshqa joyga ko‘chiriladi. 2 ta tunnel va 2 ta ko‘prik quriladi.

 

Shuningdek, Samarqandning asosiy drayverlaridan biri bo‘lgan turizm sohasida 40 ming kishining bandligini taʼminlash rejalashtirilgan. Buning uchun viloyatni yurtimizning “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda sayyohlik xizmatlari hajmini 10 barobarga oshirish mo‘ljallangan. Jumladan, 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi.

 

Bu sohadagi eng ulkan loyiha Samarqand biznes va turizm markazidir. 212 gektar maydonda barpo etilayotgan bu maskanda xalqaro kongress markazi, “Abadiy shahar” karvonsaroy majmuasi, 8 ta mehmonxona, dam olish va ko‘ngilochar obyektlar, hunarmandchilik markazi, sunʼiy suv havzalari bo‘ladi. Bu yerda 5 mingdan ziyod yoshlar bandligi ta’minlanadi. Umuman, viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini yiliga 5 millionga yetkazish maqsad qilingan.

 

Taqdimotda ushbu loyihalarning amaliy jihatlari, rejadagi inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish choralari muhokama qilindi.

 

Javohirbek Tursunov

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Samarqandda 600 dan ortiq yangi mehmonxona tashkil etiladi | Zamon.uz