Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “Uralxim” kompaniyasi rahbarini qabul qildi
Uchrashuvda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni “Uralxim” kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi, bosh direktori Dmitriy Mazepinni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Rossiyaning eng yirik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchisi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, tegishli resurs bazasini o‘zlashtirgan holda azot, fosfor va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, ilmiy-texnik ishlanmalar va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Javohirbek Tursunov








