Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn sammitida ishtirok etadi

Anjumanda Ittifoq doirasidagi integratsiya jarayonlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn sammitida ishtirok etadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklida o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tadi. Unda Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat – Kuba yetakchilarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

“Sammit kun tartibiga muvofiq, YOII doirasidagi integratsiya jarayonlarini kengaytirish va ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi”, – deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun: 2020-yil dekabr oyidan buyon O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi hisoblanadi.

 

Javohirbek Tursunov

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn sammitida ishtirok etadi | Zamon.uz