Umrni uzaytiruvchi ozuqalar
Bu mahsulotlardan tayyorlangan taomlar saratondan himoya qiladi.

Kundalik hayotimizda, deyarli ovqatlanish ratsionimizda bunday tabiiy mahsulotlarni kuniga tanovul qilish lozim. 30 gramm don isteʼmol qiladigan ayollarda o‘pka saratoni rivojlanish ehtimoli 2 baravarga kamayadi. Bir piyola qorag‘atli bo‘tqa ko‘krak saratoniga qarshi eng yaxshi himoya hisoblanadi.
Qaynatilgan kartoshka qon bosimini nazorat qiladi
Kaliyni isteʼmol qilish (400 gr qaynatilgan kartoshka yetarli, ammo kartoshkani po‘sti bilan isteʼmol qilishni unutmang!) qon bosimini sezilarli darajada pasaytiradi.
Tishlar uchun eng yaxshi himoya — qattiq pishloq
Tadqiqotchilar kuniga 10 gramm Chedder, Gauda yoki Motsarella pishloqlari rN (kislotalik indeksi) darajasini pasaytiradi, bu esa tishlarning shikastlanishini oldini oladi.
Ko‘z nurining eng yaxshi himoyachisi — shovul va salat bargi
Milliy Sog‘liqni saqlash instituti olimlari luteinni (ko‘katlarda topilgan) isteʼmol qiladiganlarda sariq dog‘ degeneratsiyasiga chalinish ehtimolini 43% ga kamaytirishini isbotladi.
Loviya
Dukkaklilarga mansub loviya tarkibida kletchatka juda ko‘p. U qondagi qand miqdorini va tana og‘irligini meʼyorga soladi. Sutkasiga 15-20g loviya yeyish kifoya.
Yogurt
U organizmimizning meʼyorda ishlashi uchun zarur bakteriyalarga boy. Bu mahsulotda C, V1, V2, A provitamini bor. Ular sog‘lom teri va asab tizimi uchun foydali.
Tuxum
Dietologlar doimo tavsiya qiladigan mahsulot - bu tuxum. Chunki unda oqsil ko‘p. Tuxum sarig‘ining tarkibiga miyani oziqlantiruvchi asosiy modda - xolin va ko‘z uchun foydali lyuteinlardan iborat.
Yong‘oqlar
Yog‘ kislotalariga juda boy. Bu foydali va mazali mahsulotni isteʼmol qilish xolesterin miqdorini kamaytiradi, kayfiyatni ko‘taradi, terini oftobning zararli nurlaridan himoya qiladi va saraton hujayralariga qarshi kurashadi.
Cho‘lponoy Ahmedova







