Baʼzi vitaminlarning ortiqcha isteʼmoli kasallikka olib kelishi mumkin
Vitaminlarni shifokor maslahati bilan qabul qilgan maʼqul. Shunda onkologiya xavfi ancha kamayadi.

Mutaxassislarining fikriga ko‘ra, fola kislotasi yoki B9 vitamini ortiqcha isteʼmol qilinishi saraton hujayralarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, Birmingemdagi (AQSH) Alabama universiteti maʼlumotlariga ko‘ra, yashil bargli sabzavotlar tarkibidagi folat kislotasi hujayralar ko‘payishi va tiklanishida muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, bu qo‘shimcha ko‘pincha homiladorlikdan oldin va homiladorlik paytida homila nerv naychalari nuqsonlari rivojlanish xavfini kamaytirish uchun buyuriladi. Folat kislota yo‘g‘on ichak saratoni oldini olishda ham foydalidir.
Biroq sinovdagi bir qancha guruhlarda B9 vitaminini ortiqcha isteʼmol qilish saraton hujayralarining tez bo‘linishi tufayli o‘limning biroz oshishiga olib kelgan.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.







