Siyosat

Xizmat ko‘rsatish sohasida 200 ming ishchi o‘rni yaratiladi – Shavkat Mirziyoyev

29 ta o‘rta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan yuqori 6 ta tumanda zamonaviy bozor xizmatlari rivojlantiriladi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida 200 ming ishchi o‘rni yaratiladi – Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident boshchiligidagi videoselektor yig‘ilishida shaharlar va yirik tumanlarda xizmatlarni ko‘paytirish uchun ta’lim, tibbiyot, san’at, turizm, uy-joy va transport imkoniyatlarini oshirish kerakligi qayd etildi.

 

"Shaharlardagi aksariyat davlat maktablari 2 barobar ko‘p yuklama bilan ishlayotgani, bog‘cha o‘rinlari yetishmayotgani hech kimga sir emas.

 

Shu bois, shaharlarda xususiy ta’lim xizmatlari qamrovini kengaytiramiz. Buning uchun ham sohaga, ham aholiga katta imkoniyat va yengilliklar yaratayapmiz", - dedi Prezident.

 

Bir oy muddatda aholining haqiqiy ehtiyojini o‘rganib, 100 ta qulay yer maydonlarini belgilab, maktab va bog‘cha qurish sharti bilan auksion orqali tadbirkorlarga berish topshirildi.

 

Umuman, 29 ta shahar va 6 ta yirik tumanda xizmat ko‘rsatish sohasida 200 ming ish o‘rni yaratiladi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinishi aytib o‘tildi.

 

Toshkent shahrini ta’lim, tibbiyot, biznes va madaniy-ko‘ngilochar markazga aylantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.

 

"Misol uchun, Sergeli tumanida 16 kilometr uzunlikdagi yer usti metrosi atrofida tungi yoritgich, o‘rindiq, sport va boshqa infratuzilma tashkil etish hisobiga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 5 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha taklif bildirilgan. Bunday takliflar menga ma’qul.

 

Yoki, poytaxt tadbirkorlarining shahar hududida san’at, rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik vakillarini keng jalb qilib, yirik “san’at ko‘chalari”ni yaratish takliflarini ham qo‘llab-quvvatlayman", dedi Prezident.

 

Bundan tashqari, "Fransiya, Italiya, Turkiyadan restavrator va muzey ishi mutaxassislarini olib kelib, barcha muzeylarni zamonaviy qiyofaga keltirish va “omborda chang bosib yotgan” noyob eksponatlarni namoyishga qo‘yishni" tashkil qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida 200 ming ishchi o‘rni yaratiladi – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz