Gus Til Rafael Benitesning eʼtiboriga tushdi
Gollandiyalik yarim himoyachi Gus Til faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

“Team Talk” nashrining xabariga ko‘ra, “Everton” 23 yoshli gollandiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining salohiyatini klub bosh murabbiyi Rafael Benites qo‘llab-quvvatlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Til Moskvaning “Spartak” jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi hozirda “Feyenoord” klubida ijara asosida o‘ynab kelmoqda. U 2019 yilning yozida “AZ Alkmaar”dan 16 million yevro evaziga Moskva klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Rotterdam jamoasi safida milliy chempionat va Konferensiya ligasida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta golga mualliflik qildi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, “Nyukasl” klubi Eden Azarni qo‘lga kiritmoqchiligi va UEFA Angliyani jazolamoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







