Xonanda Nyusha ikkinchi marta ona bo‘ldi
31 yoshli xonanda 2017-yilda tadbirkor Igor Sivov bilan oila qurgan.

Anna Shurochkina o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Chaqaloq Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dunyoga kelgan.
Juftlikning 3 yoshli Serafima (Simba) ismli qiz farzandlari bor.
Maʼlumot o‘rnida: xonanda Nyusha Rossiyaning mashhur ayol qo‘shiqchilaridan. Ko‘plab mukofotlar sohibasi bo‘lgan.
U afsonaviy “Laskoviy may” guruhining sobiq aʼzosi – Vladimir Shurochkinning to‘ng‘ich qizi hamdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bollivud yulduzi Katrina Kaif o‘zidan 5 yosh kichik aktyorga turmushga chiqqani hamda Xalit Ergench uchinchi marotaba ota bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







