Naʼmatak va uning siropidagi ajoyib foydali xususiyatlar
3 yoshdan boshlab bolalar va kattalar uchun biologik faol qo‘shimcha sifatida tavsiya qilinadi.

Naʼmatakda limonga qaraganda 40-50 marta ko‘proq S vitamini bor. Bundan tashqari, uni qo‘llash faollikni oshiradi - ham jismoniy, ham aqliy.
Naʼmatak nimalarda foydali?
• tez charchash va shamollashning birinchi belgilarida yordam beradi
• tananing umumiy qarshiligini oshiradi
• tonik taʼsirga ega
Qo‘llash usuli va dozasi
• 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 1 choy qoshiqdan (5 ml) kuniga 2 marta ovqat bilan.
• 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 choy qoshiqdan (5 ml) kuniga 3 marta ovqat bilan.
• Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalar: 1 osh qoshiq (15 ml) kuniga 2 marta ovqat bilan.
Uning gullari dorivor xususiyatlarga ega yemas, ammo mevalari xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Odatda tabobatda naʼmatak damlamasidan foydalaniladi.
Shifokorlar shamollashning oldini olish va davolash uchun tavsiya etishadigan naʼmatak mevalarining damlamasi — askorbin kislotasi yoxud vitamin C‘ ning tabiiy manbai sanaladi. Ushbu o‘simlik mevalarida C vitamini ekzotik limon va apelsinga qaraganda 50 barobar, qora smorodina tarkibidagidan esa 10 barobarga ko‘proq.
Bundan tashqari, u bir qator foydali mikroelementlar, shu jumladan kaliy, magniy, kalsiy va natriyni o‘z ichiga oladi. Shifokorlar kuz-qish davrida ichishni tavsiya etadigan damlama odam organizmiga qanday taʼsir qiladi?
Bunday vositaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— Organizmning himoya kuchlarini mustahkamlaydi va kuchaytiradi;
— Qon tomirlarini mustahkamlaydi;
— Yurak ishini barqarorlashtiradi;
— Qon bosimini pasaytiradi;
— Hazm qilish tizimini meʼyorga keltiradi;
— Xolesterin darajasini pasaytiradi;
Naʼmatak siropi yoki mevalardan tayyorlangan choy sovuq mavsumda juda samarali ichimlik sanaladi, ayniqsa viruslar faollashganda va immunitet darajasi pasayganda asqotadi.
Agar ushbu xalqona vosita muntazam ravishda qabul qilib boriladigan bo‘lsa, unda shamollashdan saqlanish, shifo jarayonini tezlashtirish va kasallikdan keyin tezroq tiklanish mumkin bo‘ladi.
Homiladorlik paytida naʼmatak alohida ahamiyatga ega. Naʼmatak damlamasi bo‘lajak onalarga toksikoz xurujlarini yengishga, qizil qon tanachalarini yoxud eritrositlar shakllantirishni rag‘batlantirishga, gemoglobinni ko‘paytirishga va kamqonlik rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.
Bunday damlamalar homilador ayollarda sezilarli darajada pasaygan immunitetni rag‘batlantiradi. Shunday qilib, O‘RVI yoki gripp bilan kasallanish xavfi kamayadi, agar bu sodir bo‘lsa ham, unda kasallik oson va asoratlarsiz kechadi.
Damlama tayyorlash
Naʼmatak damlamasi tayyorlash uchun termosga uning 3 osh qoshiq quruq mevalari va bir litr qaynoq suv solinadi. Aralashma 12 soat davomida tindiriladi. Tayyor damlama ovqatdan 30-40 daqiqa oldin qabul qilinadi. Damlama tayyorlashdan oldin mevalarni yaxshilab yuvib, maydalash tavsiya yetiladi. Bu holda vosita tezroq tayyor bo‘ladi. Unga shakar qo‘shish tavsiya etilmaydi, uning o‘rniga asal qo‘shish vositaning foydali xususiyatlarini yana oshiradi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.







