Salomatlik

Nokni har kuni isteʼmol qilish depressiyani oldini oladi

Ortiqcha vazn muammosidan qiynalayotganlar nokli retseptga murojaat qilishlari mumkin.

Nokni har kuni isteʼmol qilish depressiyani oldini oladi

 

Nok mevalarida noyob efir moylari, biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular organizmning himoya kuchini oshiradi, yuqumli kasalliklarga qarshi turadi, yallig‘lanishga qarshi taʼsirga ega.

 

U, yurak, jigar, buyrak kasalliklari qandli diabet, kapillyar o‘tkazuvchanlikning buzilishi uchun profilaktika va davolash maqsadida parhez taomlar tarkibiga kiritilgan.

 

Nok bilan davolash deyarli butun yil davomida amalga oshirilishi mumkin, chunki mevalar quritilganida deyarli barcha biologik faol moddalarni saqlab qoladi.

 

Quritilgan nok kompoti surunkali kolitdan xalos bo‘lish bilan birga jinsiy faollikni oshiradi.

 

Agar bemorning qon bosimi ko‘tarilsa, bir piyola quritilgan nok va o‘rik mevasini aralashtirgan holda ustiga suv solib, o‘rta olovda qaynatiladi hamda tindirib qo‘yiladi.

 

So‘ng undan har kuni 3-4 mahal yarim piyoladan ichish lozim.

 

Bod kasalligi bezovta qilganda ham uning damlamasi foydalidir. Buning uchun quritilgan, maydalangan nokdan 2 choy qoshiq olib, ustiga 1 piyola qaynoq suv quyiladi. 2 soat davomida tindirilgach, kuniga uch mahal 1-2 oshqoshiqdan ichiladi.

 

Xolesistit (o‘t pufagi yallig‘lanishi)da har kuni nahorda bu mevadan ikki dona tanovul qilish yoki yovvoyi nokdan tayyorlangan, shakar solinmagan sharbatidan ichish yaxshi foyda beradi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Nokni har kuni isteʼmol qilish depressiyani oldini oladi | Zamon.uz