Salomatlik

“Zoombi”larcha tunda ovqat yeyish qanchalik foydali?

Ayniqsa, stressdan keyingi psixologik holat kuchli ochlikni keltirib chiqaradi.

“Zoombi”larcha tunda ovqat yeyish qanchalik foydali?

 

Baʼzi hollarda kechasi ovqatlanishni istash mumkin va buning boisi turli sabablar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak va organizmda qanday o‘zgarishlar yuz berishi haqida parhezshunos Oleg Irishkin maʼlumot berib o‘tadi.

 

Nima uchun kechasi qornimiz haddan ortiq ochadi?

 

Bunga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

 

—   fiziologik sabab yoki soddaroq qilib tushuntirilganda kun davomida ovqat yemaslik;

 

—   yashirin ochlik hissi. Kun davomida balansda bo‘lmagan ovqatlanish sabab organizmga oziqa moddalari yetishmaydi;

 

Tunda ovqatlanish organizmga qanday taʼsir qiladi?

 

Odatda kechasi odam uxlagani sabab ham organizm kechasi tinch holatda bo‘ladi. To‘satdan taom, shirinlik yoki boshqa bir mahsulot isteʼmol qilinganda esa organizmga og‘ir botishi mumkin.

 

Bu vaqtda dam olib o‘rgangan ichaklar bor kuchi bilan harakat qilishi, ammo katta miqdordagi taomni hazm qilishga qiynalishi mumkin. Hazm bo‘lmagan ovqat esa ingichka ichak devorlarida so‘rilmasligi, yo‘g‘on ichaklardagi patogen mikroflora taʼsirida esa toksinlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

 

Bunda organizm qiynaladi, shuningdek, tunda uglevodlarning ortishi insulin ishlab chiqarilishiga ham taʼsir qilmay qolmaydi. Buning oqibatida jigardagi yog‘ hujayralari zararlanadi va bu organizmda yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladi.

 

Kechasi ortiqcha ovqatlanmaslik uchun nima qilish kerak?

 

Buning uchun kun davomida 5 marta kam-kamdan balansli ovqatlaning.

Ratsioningiz turli-tuman taomlardan iborat bo‘lsin, oqsil, yog‘, uglevodlar va makro-mikroelementlar meʼyorida bo‘lishiga eʼtibor qarating.

Stressni bartaraf etish uchun boshqa usullarni sinab ko‘ring. Masalan, qo‘shiq eshitib sayr qiling, sport, yoga bilan shug‘ullaning, motivatsion video yoki film tomosha qiling.

 

Qanday vaziyatda kechasi ovqatlanish mumkin?

 

Isroillik olimlar bundan bir necha yillar avval o‘tkazgan tadqiqotlarida soat kechki 8 dan keyin kechki ovqat isteʼmol qiladigan kishilar yaxshilab nonushta qiladigan, ammo kechki soat 6 dan keyin ovqatlanmaydiganlarga nisbatan tez vazn tashlashi aniqlagan.

 

Uyqudan avval ovqatlanadigan kishilar aksari hollarda nonushta qilmaydi va kun davomida ham yaxshi ovqatlanmaydi. Ammo tungi kaloriyali ovqat kun davomida sizni energiya bilan taʼminlay olmaydi. Nonushta qilishga ulgurmasangiz, kechki ovqatni ham kechroq qilishingiz mumkin, ammo bu vaqtda insulin miqdori oshib ketmasligi va tinch uxlash uchun tez so‘riladigan oqsillarga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish kerak.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

“Zoombi”larcha tunda ovqat yeyish qanchalik foydali? | Zamon.uz