Salomatlik

AQSHda koronavirusning “Omicron” shtammidan birinchi o‘lim qayd etildi

Mamlakatda “Omicron” shtammi bilan kasallangan bemorlarning soni ortmoqda.

AQSHda koronavirusning “Omicron” shtammidan birinchi o‘lim qayd etildi

 

Unga ko‘ra, vafot etgan bemor Texasning Xarris okrugidan bo‘lib, taxminan 50 yoshli erkak bo‘lgan. U vaksina bilan emlanmagan va sog‘lig‘ida muammolarga duch kelgan. 

 

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlari “Omicron” tomonidan o‘tgan haftada to‘plangan maʼlumotlarga ko‘ra, koronavirusning varianti mamlakatda dominant variantga aylanganini, yuqtirganlar 73% dan ortgani maʼlum qilindi.

 

Jumladan, mamlakatning janubi-sharqida va shimoli-g‘arbiy qismida yangi shtammi bilan kasallanganlar ulushi 90% dan oshgan.

 

Maʼlumot uchun: Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga ko‘ra, AQSHda koronavirusni yuqtirganlar soni allaqachon 51 millionga yetgan, 807,5 ming kishi vafot etgan.

 

Bundan tashqari, so‘nggi 4  haftada 3 milliondan ortiq odam ushbu kasallikka chalingan bo‘lib, 34,3 mingdan ortiq kishi vafot etgan. AQSH bu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallashda davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusning “Omicron” shtammi Turkiyaga ham yetib borgani hamda AQSH “Omicron” shtammi tufayli qattiq choralar ko‘rishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"