Salomatlik

Dietologlar quyon go‘shti isteʼmolini tavsiya qiladi

Inson uchun 4-5 oylik quyonlarning go‘shti eng foydali hisoblanadi.

Dietologlar quyon go‘shti isteʼmolini tavsiya qiladi

 

Quyonlar tez yetiluvchanligi, jadal o‘sishi bilan boshqa jonivorlardan alohida ajralib turadi. Masalan, buzoqchaning vazni 47- kunga kelib 2  barobarga ortsa, quyoncha 6-kunning o‘zidayoq, xuddi shuncha vazn yig‘adi. 1 oyda esa bu ko‘rsatkich o‘n barobarga yetadi.

 

Bunday jadal yetiluvchanlikka sabab, quyon sutining yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligidir. Tarkibi va foydali xususiyatlari jihatidan bu jonzotning go‘shti boshqa barcha go‘sht turlaridan ustun turadi.

 

Ushbu ozuqa tarkibida to‘laqonli yengil hazm bo‘luvchi oqsil, yog‘, vitamin va mineral moddalar bor. Shuningdek, uning tarkibidagi oqsil barcha almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga, yog‘i esa to‘yinmagan yog‘ kislotalarga boy.

 

Quyon go‘shtida RR, s, V1, V6, V12 vitaminlar, makro va mikroelementlardan temir, fosfor, kobalt, ftor, magniy, kaliy, marganes, rux va boshqa moddalar mavjud.

 

Mazkur hayvonning go‘shti mol, buzoq, qo‘y va tovuq go‘shtlariga nisbatan foydaliroq hisoblanib, inson tanasida 90 foizgacha o‘zlashtiriladi. Pushti rangli, yumshoq, zich, yog‘siz, nozik mushak tolalarga ega bo‘lib, ichki yog‘ bilan aralashib ketmaydi.

 

Xalq tabobatida quyonning yog‘i ham ko‘pgina kasalliklarni davolashda, kosmetologiyada go‘zallik vositalarining gipoallergik asosini yaratishda, shuningdek, farmatsevtika sanoatida ham keng qo‘llaniladi.

 

Bu parhezbop yemak meʼdada oson hazm bo‘lib, yaxshi o‘zlashtiriladi. Tanada moddalar almashinuvini yaxshilaydi, ayniqsa, ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi. U bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, og‘ir xastalikni boshidan kechirgan insonlar, yuqori jismoniy yuklama bilan ishlovchilar va sportchilarga juda ham foydali ozuqa hisoblanadi.

 

Uni diyetologlar yurak-qon tomir tizimi xastaliklarida, qandli diabet, gipertoniya, jigar, buyrak, o‘t yo‘li va ayrim meʼda-ichak tizimi kasalliklarida tavsiya etadilar. O‘sma kasalligi bor bemorlar va ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi insonlarga ayniqsa, bu go‘sht juda ham foydalidir. Shuningdek, ushbu ozuqa allergiyaga moyil insonlar uchun ham tavsiya etiladi.

 

Parhezshunoslikda parhez mahsuloti sifatida quyon go‘shti birinchi o‘rinni egallaydi. Uni muntazam isteʼmol qilish teri va shilliq qavatlarning holatiga ijobiy taʼsir etadi.

 

Yengil hazm bo‘lishi sababli ortiqcha vaznga ega insonlar uchun ham ushbu mahsulot juda yaxshi va maqbul yemish hisoblanadi. Quyon go‘shti oz miqdorda bo‘lsa ham purin moddasini saqlashi sababli podagra (moddalar (purin) almashinuvi buzilishi sababli bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi) xastaligida isteʼmol qilish mumkin emas. U sovutgichda 3-4 kun, muzlatkichda esa yarim yil davomida saqlanishi mumkin.

 

Quyon go‘shti ko‘pincha qovurib, dimlab, ayrim vaqtlarda qaynatib, dudlab yoki tuzlab isteʼmol qilinadi. Ovqat tayyorlash jarayonida u to‘yimlilik va mazali xususiyatlarini saqlab qoladi.

 

Quyon go‘shti inson organizmiga foydali tomonlari ko‘pligini hisobga olib, uni turli garnirlar bilan jumladan, turfa xildagi sabzavotlar, mevalar, dukkakli mahsulotlar, yormalar va ko‘katlar qo‘shib, tayyorlash mumkin.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.