Salomatlik

Shaftolining ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan foydalari

Uning sharbati oshqozon yarasini davolashga yordam beradi.

Shaftolining ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan foydalari

 

Shaftolining pishgan mevalari tarkibida juda ko‘p kaliy, kalsiy, temir, fosfor va S, V darmondorilari bor. Uning sharbatga to‘lgan eti yurak, jigar va buyrakning ishlash faoliyatini meʼyorlashtiradi. Oshqozon yarasini davolashga yordam beradi.

 

Shaftolining danagi, gullari va barglari ham foydali. Shaftoli danagidan olingan yog‘dan tibbiyot va kosmetologiyada keng foydalaniladi. Ayniqsa, bu yog‘lar uqalash (massaj) paytida ishlatilsa meʼyorlashtiradi, teri ostidagi mushaklarni yumshatadi. Shuningdek, u yaralarni tuzatish xususiyatiga ham ega.

 

Sharq tabiblari shaftoli bargi va gullarining damlamasini qand kasali, toshmalar, neyrodermit va qon to‘xtatishda ishlatishgan. Shaftoli barglari damlamasi bosh og‘rig‘i, bod, oshqozon-ichak kasalliklarini tuzatib, peshob haydaydi.  Shaftolining barglari saraton xastaligining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.

 

Qadimgi tabiblar ham ayollar kasalliklari, mastopatiya, mioma, endometrioz kabi xastaliklarini davolashda shaftolining gullari va barglaridan foydalangan. Saraton xastaligi va turli shishlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun, shaftoli barglaridan choy damlab iching. Faqat bu choyning bo‘shashtiruvchi xususiyati borligi yodingizda bo‘lsin.

Mastopatiyada esa og‘riqli joyga yangi uzilgan shaftoli barglaridan bo‘tqa tayyorlab bosish yordam beradi.

 

Mioma, fibrioma kabi ayollar xastaliklarida quyidagicha damlama tayyorlab iching: 1 osh qoshiq maydalangan shaftoli barglari ustiga 1 stakan qaynoq suv quyib, damlab qo‘ying. Kuniga 3 mahal, 0.5 stakandan ovqatlanish oralig‘ida iching.

 

Yuz uchun shaftoli yog‘i

 

Yuzni parvarish qilish uchun xavfsiz va foydali vositalar ro‘yxati shaftoli yog‘ini o‘z ichiga oladi. U yumshatuvchi taʼsirga ega va o‘lik hujayralarni yaxshilab yuvib tashlaydi va teshiklarni yumshatadi. Shaftoli yog‘ini muntazam qo‘llanilishi natijasida mimik ajinlar yo‘qoladi.

 

Teri uchun yaxshi tozalash vositasi qahva va shaftoli yog‘ining aralashmasi bo‘ladi.

 

Ko‘p qizlar chiroyli va uzun kiprikka ega bo‘lishni xohlashadi, lekin bunga erishishning oson usuli bor. Shaftoli yog‘idan foydalanish, kunda va kunora kipriklarga kerakli miqdorda surish ancha samara beradi.

 

Bundan tashqari, sochlarni mustahkamlaydi, metabolizmni oshiradi, o‘sishni rag‘batlantiradi va zichlikni oshiradi. Shuningdek, tuklarni qayta tiklash jarayonini faollashtiradi, bu esa sochlarni zich, yorqin va chiroyli qiladi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"