0

Adolatli qaror bo‘lsin... sud qarorini kutaman — Shahnoza Soatova

Bloger “zamdekan” voqeasi bo‘yicha fikrlarini aytdi.

Adolatli qaror bo‘lsin... sud qarorini kutaman — Shahnoza Soatova

 

Zamdekan voqeasidan xulosam: ayollar erkaklardan hamjihatlikni, erkaklar ayollardan xolislikni o‘rganishlari kerak ekan.

 

Adolatli qaror bo‘lsin, aynan shu voqeada biron tomonning tarafini olmoqchi emasman, sud qarorini kutaman.

 

Biroq bu ishdan qatʼi nazar, zo‘ravonlik ko‘p, oshkor qilinmayotgan qancha holatlar bor, bilsangiz miyangiz portlaydi, odam chidolmaydi…

 

chunki isbotlash qiyin, kurashish qiyin, oxirigacha borish qiyin, oqibatlariga chidash qiyin…

 

bu og‘ir yo‘ldan yurishga kuchi yo imkoniyati yo‘qlarga ham yordam zarur!

 

Zo‘ravonlik deb tuhmat bilan qamalgan nechta odamni bilasiz???

 

Men zo‘ravonlikka duchor bo‘lganini aytmay yurgan necha qurbonlarni bilaman. Qamalgach, muddatning yarmini ham o‘tamagan ko‘plab zo‘ravonlarni bilaman…

 

Balki qurbonlar birlasharlar, shaxsi anonimlikni saqlagan holda klubmi, jamiyatmi qilib, bir-birlarini qo‘llab, dalda bo‘larlar.

 

Masalan, nogironlar jamiyati kabi… chunki zo‘ravonlik qurbonlari ham bir umrga majruh bo‘ladilar, bu chandiqni ko‘tarib bir umr yashaydilar…

 

Yoki hech bo‘lmasa anonim tarzda tibbiy, psixolok va boshqa yordam beradigan markaz kerakdir, qisqa raqamli qaynoq liniyasi bilan (IIV zo‘ravonlikka qarshi kurash tuzilmasi yoki ayollar reablitatsiya markazlarini aytmanglar, gap jinsiy zo‘ravonlik haqida ketyapti, qurbon va yaqinlari shaxsi oshkor bo‘lishini umuman istamaydi, qizlar ota-onasi, aka-ukalari bilishini istashmaydi hatto, ariza yozmay, ismini aytmay yordam so‘rash imkoni kerak!)

 

Faqat janjal, qarshi kurash emas, oqibatlar bilan kurashish tizimi haqida ham o‘ylash lozim.

 

Oqibatlarning eng kattasi va eng yomoni esa zo‘ravonlikka nisbatan bahssiz, mutlaq, yakdil toqatsizlikning yo‘qligidir.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"