Salomatlik

Yurakni quvvatlantiradigan va unga zarar yetkazadigan mahsulotlar

Yurakning eng katta dushmani — qizil go‘shtdir.

Yurakni quvvatlantiradigan va unga zarar yetkazadigan mahsulotlar

 

Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishda taomnomaga nafaqat mazkur tizim uchun foydali yeguliklarni kiritish, balki zararli mahsulotlarni chiqarib tashlash ham muhim, deya “La Vanguardia” ispan gazetasida yozadi kardiolog Pablo Kanepa.

 

Qizil go‘sht tarkibida to‘yingan yog‘lar ko‘p bo‘lib, uni isteʼmol qilishni cheklash, uning o‘rniga mono- va yarim to‘yingan yog‘larni tanlagan maʼqul. Yong‘oq, zaytun yog‘i, kungaboqar pistasi, avokado, baliqning ayrim turlari ularning manbai hisoblanadi.

 

Kardiolog taomnomaga go‘shtning parhezbop turlari, masalan, tovuq go‘shtini kiritishni maslahat beradi.

 

Bundan tashqari, nonushtaga yorma va pishiriqlarni, shuningdek, yarim tayyor mahsulotlarni — tayyor va muzlatilgan pirog, pissa, pastalarni yemaslik zarur. Bunday taom transyog‘larga boy bo‘lib, “yomon” xolesterin darajasini oshiradi, vazn to‘plashga olib keladi va yurak-qon tomir kasalliklari hamda ikkinchi tip diabet xavfini oshiradi.

 

Kanepa alkogolsiz energetik ichimliklarni isteʼmol qilishni tavsiya etmaydi — ularning tarkibida kofeindan tashqari qand va zararli qo‘shimchalar bisyor.

 

Energetiklar nerv tizimiga to‘lqinlantiruvchi taʼsir ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida yurak mushagi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Kardiolog yuqori qon bosimi bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish uchun tuz isteʼmolini cheklashni taʼkidlagan. U Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, kunlik tuz meʼyori ikki grammdan oshmasligi zarurligini yodga soladi.

 

Amerika kardiologiya assotsiatsiyasi bu meʼyorni 1,5 grammgacha qisqartirishni maslahat beradi. Kanepaning aytishicha, tayyor taomda 1 grammgacha tuz bo‘ladi, shu bois kunlik dozani oshirib yuborish juda oson.

 

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, alkogoldan ham bosh tortish kerak. Chunki u yurak to‘xtab qolishi, miokard infarkti, shuningdek, miya shikastlanishi xavfini oshiradi. Shuningdek, qaymoq va sariyog‘ isteʼmolini cheklash foydadan xoli bo‘lmaydi, deydi kardiolog.

 

Kanepaning taʼkidlashicha, yurak-qon tomir tizimini nazorat qilayotgan odamlar, yaxshisi, go‘sht isteʼmoli cheklangan, meva-sabzavotlar, yong‘oq, dukkaklilar, baliq va zaytun yog‘iga boy O‘rta Yer dengizi parhezini tanlaganlari maʼqul. Shuningdek, har kuni 45 daqiqa jismoniy faollikka vaqt ajratish va zararlarni odatlarni tashlash muhim.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Yurakni quvvatlantiradigan va unga zarar yetkazadigan mahsulotlar | Zamon.uz