Ayollarga zo‘ravonlik bo‘yicha qaysi davlat “yetakchi”?
Bu boradagi tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

Dunyodagi har uchinchi ayol umri davomida sherigi tomonidan zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. Bu raqam BMT qoshidagi Xalqaro Xotin-qizlar alyansi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasidir. Nashrga ko‘ra, 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan har to‘rtinchi ayol sherigi tomonidan zo‘ravonlikka uchraydi.
Melaneziyada bu ko‘rsatkich hatto har ikki ayoldan biriga teng. Sherigi tomonidan jismoniy zo‘ravonlikning eng yuqori ko‘rsatkichlari Okeaniyada, undan keyin Janubiy Osiyo va Afrikada qayd etilgan. Eng kam rivojlangan mamlakatlar o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir oz yuqoriroq ball to‘plagan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, sheriklar tomonidan zo‘ravonlik dunyo bo‘ylab 641 million ayolga ta’sir qiladi. Dunyo miqyosida ayollarning atigi olti foizi o‘z sherigidan boshqa birov tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi.








