“Vulverxempton” yarim himoyachisi Rangnikning eʼtiboriga tushdi
Ruben Nevesh “Manchester Yunayted”ning qiziqishlaridan biri bo‘lib turibdi.

Manchesterliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnik portugaliyalik futbolchini jamoa tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Biroq futbolchiga “Chelsi” klubi ham qiziqish bildirmoqda. Hozirda Nevesh uchun ikki ingliz jamoasi o‘rtasida raqobat mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Ruben 2017 yildan buyon “Vulverxempton” klubida o‘ynab kelmoqda. U “Bo‘rilar” safiga “Portu”dan 17,9 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi APLning 17 ta o‘yinida 1 ta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliyalik futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2024 yilda o‘z yakuniga yetadi. Transfermarkt portali Neveshni 42 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq, “PSJ” “Manchester Yunayted” yarim homiyachisi Pol Pogba bilan muzokaralarni boshlagani va Eldor Shomurodov osiyolik eng qimmatbaho futbolchilar o‘nligidan joy olgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







