Leonardo Bonuchchi: “Biz doim oldinga intilishimiz kerak”
“Yuventus” va Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi mavsumning ikkinchi yarmidagi maqsadlari haqida gapirdi.

“Yuventus” Chempionlar ligasining chorak finalida yaxshi natijaga erishishga harakat qiladi. Biz doim oldinga intilishimiz kerak. Italiya terma jamoasiga kelsak, 2021 yilni ajoyib o‘tkazgandan so‘ng, biz jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimiz kerak”.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Yuventus” “Vilyarreal” bilan o‘ynaydi. Uchrashuv keyingi yilning 22 fevral va 16 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Italiya terma jamoasi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun pley-off o‘yinlarining yarim finalida Makedoniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 2022 yilning 24 mart kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin g‘olibi Turkiya - Portugaliya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Avvalroq, “Fiorentina” hujumchisiga bir nechta top klublar qiziqish bildirgani va “Barselona”ning boshqa klublardan qancha qarzi borligi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







