Menimcha, Levandovski bu sovringa loyiq edi - Lukas Ernandes
“Bavariya” himoyachisi Lukas Ernandes “Oltin to‘p”ni Lionel Messi emas, Robert Levandovski olishi kerak edi, degan fikrda.

“Menimcha, Levandovski bu sovringa loyiq edi. U ajoyib mavsum o‘tkazdi va yangi tarix yaratdi. Messi Argentina terma jamoasi bilan muvaffaqiyatga erishdi, lekin u Levandovski kabi mavsum davomida barqaror o‘yin ko‘rsata olgani yo‘q”.
Maʼlumot o‘rnida: 2020/2021 yilgi mavsumda 33 yoshli Levandovski Bundesligada 41 ta gol urib, Gerd Myullerning rekordini yangiladi, 2021 yil taqvimida esa barcha musobaqalarda 69 ta golga mualiflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p”ga ovoz berish natijalarida Levandovski Messidan keyin ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chelsi futbolchisi Jorjinyo esa uchinchi o‘rindan joy oldi.
Avvalroq, Messi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani va “Bavariya” Levandovski o‘rniga Holandni sotib olmoqchil ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







