Salomatlik

Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun foydali tavsiyalar

Salomatlikka zarar yetkazadigan sabablardan biri hazm qilishdagi muammolardir.

Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun foydali tavsiyalar

 

Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli inson organizmiga foydali oziq moddalar juda kam miqdorda tushadi.

Shu tufayli, ovqat hazm qilish jarayoni normal kechishi, shuningdek, butun organizm uchun ham to‘g‘ri ovqatlanish kerak.

 

 

Shoshmasdan tanovvul qiling

 

Ovqatni yaxshilab chaynash kerak: hazm qilish og‘iz bo‘shlig‘ida boshlanadi. Yaxshilab chaynash orqali oshqozon va ichak ishini ancha yengillashtirgan bo‘lasiz.

 

Katta tishlamang

 

Ovqatni katta-katta tishlab, tez-tez yeganda, hazm qilish tizimiga ovqat bilan birga havo ham kiradi, natijada oshqozonda og‘irlik, og‘riq paydo bo‘ladi.

 

Ko‘proq suyuqlik iching

 

Ichak faoliyatini yengillashtirish va qabziyatlar oldini olish uchun kuniga kamida 8—9 stakan suv iching. Meʼda shirasini suyultirmaslik va hazm qiluvchi fermentlarni yuvib yubormaslik uchun, suyuqlikni ovqat qabul qilishdan yarim soat avval ichish tavsiya etiladi.

 

O‘ta qaynoq yoki o‘ta sovuq narsa yemang.

 

Gap shundaki, oshqozonda ovqatni hazm qilish jarayoni ovqatning harorati odam tanasi harorati bilan bir xil bo‘lsagina boshlanadi.

 

Muntazam ravishda ovqatlaning

 

Hazm qilish tizimiga ortiqcha og‘irlik tushirmaslik uchun kun davomida asosiy ovqatlanish paytidan oldin tamaddi qilib olmaslik kerak. Shuningdek, har kuni bir xil vaqtda ovqatlanish maslahat beriladi, shunda organizmda ishlay boshlash vaqti bo‘yicha odat shakllanadi.

 

To‘g‘ri ovqatlaning

 

Ovqat hazm qilishi yaxshi bo‘lishi uchun tez tayyor bo‘ladigan oziq-ovqatlardan (fast food) voz kechish kerak. Ertalab hali uyg‘onib ulgurmagan organizmga og‘irlik tushirmaslik va butun kun uchun energiya to‘plab olish maqsadida yengil, lekin kaloriyali ovqat yeyish kerak. Og‘irroq taomlar tushlikka mos tushadi, biroq kechki ovqatga bunday taomlar yeyish va to‘yib ovqatlanish hech ham mumkin emas.

 

Qatiq mahsulotlarini isteʼmol qiling

 

Qatiqda ichak faoliyatini normallashtiruvchi foydali bakteriyalar bo‘ladi. Bundan tashqari, qatiq moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, hazm qilish organlarining shilliq qatlamini shakllantiradi, zaharli moddalarni chiqarib tashlaydi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"