Mamlakatimiz hududida ketma-ket uch kun koronavirusdan o‘lim holati kuzatilmadi
2021-yilning so‘nggi kunida yurtimizda 125 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

2021-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199030 (+127) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 12 nafari Andijon viloyatida;
• 7 nafari Buxoro viloyatida;
•3 nafari Jizzax viloyatida;
•1 nafari Navoiy viloyatida;
•4 nafari Namangan viloyatida;
•14 nafari Samarqand viloyatida;
•2 nafari Surxondaryo viloyatida;
•7 nafari Farg‘ona viloyatida;
•13 nafari Xorazm viloyatida;
•30 nafari Toshkent viloyatida;
•34 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
•Andijon viloyatida 14 nafar;
•Buxoro viloyatida 12 nafar;
•Jizzax viloyatida 6 nafar;
•Qashqadaryo viloyatida 3 nafar;
•Navoiy viloyatida 3 nafar;
•Namangan viloyatida 1 nafar;
•Samarqand viloyatida 18 nafar;
•Surxondaryo viloyatida 3 nafar;
•Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
•Xorazm viloyatida 16 nafar;
•Toshkent viloyatida 27 nafar;
•Toshkent shahrida 94 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 196218 (+206) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Maftuna Rejabboyeva







