Riyod Mahrez bo‘ydoqlar safidan chiqdi
“Manchester Siti” hujumchisi Riyod Mahrez 23 yoshli model Teylor Uordga uylandi.

Bu haqda “The Sun” nashri xabar bermoqda.
Marosim musulmonlarning anʼanalariga muvofiq o‘tkazilgan. Xabarda qayd etishicha, juftlik nikoh qonuniy deb topilishi uchun Buyuk Britaniyada yana bir marosim o‘tkazish niyatida ekanligini maʼlum qilgan.
“Riyod va Teylor endi islom dini anʼanalari bo‘yicha qonuniy nikohda. Marosim qisqa vaqt ichida bo‘lib o‘tdi. Endi ular ikkinchi to‘yga yo‘l olishdi. U asosiy voqea bo‘ladi. Teylor va Mahrez baxtli va bir-birlarini juda yaxshi ko‘rishadi”, — dedi marosim mehmoni.
Eslatib o‘tamiz, er-xotin 2021-yil iyun oyida unashtirilganliklarini eʼlon qilishgan edi. Riyod Mahrez o'shanda o‘z sevgilisiga 480 ming yevrolik uzuk sovg‘a qilgan.
Avvalroq, “Manchester Siti” Kilian Mbappeni istalgan narxda sotib olmoqchiligi va eng yaxshi to‘purar nomiga Aguero nomi qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







