Vlahovich uchun kurashga inglizlar ham qo‘shildi
“Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlahovichning kelajagi nomaʼlumligicha qolmoqda.

“The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, “Arsenal” 21 yoshli hujumchining transferi ustida ishlamoqda, biroq “Fiorentina” futbolchini London klubiga o‘tishni istamayotganini maʼlum qilgan.
Agar serb futbolchisi qishda “Fiorentina”ni tark etsa, uning uchun kurashda “Arsenal” favorit bo‘ladi. “Kanonirlar” “Fiorentina”ga kerakli to‘lovni to‘lashga, shuningdek, Vlahovichning maosh talablarini qondirishga tayyor. Vlahovichning o‘zi esa “Yuventus” klubiga o‘tishni xohlamoqda.
Serbiyalik hujumchi joriy mavsum “Fiorentina” safida barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, “Fiorentina” hujumchisiga bir nechta klub qiziqish bildirayotgani va “PSJ” “Fiorentina”dan Mbappega o‘rinbosar topgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







