“Deltakron” laboratoriyadagi xatolik tufayli vujudga kelgan bo‘lishi mumkin — JSST eksperti
Shuningdek, u kasallikdan himoyalanish uchun bir qancha maslahatlar bergan.

JSST eksperti Mariya Van Kerkxove Kiprda aniqlangan “deltakron” shtammi laboratoriyadagi xatolik tufayli paydo bo‘lganini taxmin qildi. Bu haqda u shaxsiy Twitter sahifasida maʼlum qilgan.
“ ‘Deltakron‘ shtammi katta ehtimoli bilan laboratoriyadagi jarayonlarning ifloslanishi oqibatida shakllangan bo‘lishi mumkin”, – degan u.
Kerkxofe, shuningdek, turli viruslarning bir vaqtdagi sirkulyatsiyasini nomlashda “deltakron”, “flurona” kabi atamalarni qo‘llamaslikni so‘ragan. Uning fikricha, “bu virus yoki shtammlarning birlashishini anglatadi, bu jarayon esa kuzatilmayapti”. Ekspert koronavirus va grippga qarshi emlanishni, ijtimoiy masofa saqlashni, niqob taqish va doimiy ravishda xonalarni shamollatib turishni maslahat bergan.
Avvalroq “Omicron” bolalar uchun ko‘proq xavf tug‘dirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev







