Salomatlik

Bo‘yin sohasidagi og‘riqlarni bartaraf etuvchi 3 tavsiya

Ushbu muammoga yechim topish uchun og‘riqqa qarshi kurashishning o‘zi kifoya qilmaydi. Dastlab kelib chiqish sabablarini aniqlashtirib olish kerak.

Bo‘yin sohasidagi og‘riqlarni bartaraf etuvchi 3 tavsiya

 

Nafaqat tashqi ko‘rinish, balki salomatlikdagi jiddiy muammodan qutulish uchun nima qilish kerakligi haqida mutaxassis Aleksey Ulishenko javob berib o‘tadi.

 

Bukchayib qolish

 

Yelka va bo‘yin sohasida zo‘riqish va oldinga egilish holati kuzatiladimi? Gap shundaki, bo‘yin va yelkalar tayanch apparatining bir qismi hisoblanadi. Organizmda esa hamma narsa bir-biri bilan aloqador.

 

Agar umurtqaning pastki qismlarida muammo bo‘lsa, bu yuqori qismlarga ham o‘z taʼsirini ko‘rsatadi. Odam boshini atigi 15° egsa, bo‘yinlar zo‘riqishi ikki karra ko‘payadi. 60° bo‘lganda esa zo‘riqish tobora ortadi.

Oqibatda og‘riq va og‘irlik seziladi. Aynan shu sabab ham kitob o‘qiganda yoki kompyuter qarshisida boshingizni tik tutishga harakat qiling.

 

Ko‘p o‘tirish

 

Kunini, asosan, o‘tirib o‘tkazadiganlarda ham xavf yuqori bo‘ladi. Aynan shu sabab ish orasida yengil mashqlarni bajarishga harakat qiling.

 

Sal narsaga tashvishlanish

 

Xavotir va tashvishlanganda ham yelkalarni qisib olish kuzatilishi mumkin. Shuni yodda tutgan holda tinchlanish va ortiqcha asabiylashmaslikka harakat qiling.

Unutmang, hamma narsaga yechim topsa bo‘ladi. Hal qilib bo‘lmaydigan muammoni esa ortga tashlash kerak.

 

Diskomfort va zo‘riqishning qanday xavfi bor?

 

Bo‘yin sohasidagi Diskomfort muammo tananing boshqa qismlarida ham kuzatilayotganidan darak beradi. Ushbu tana qismidagi qon aylanishi yuzdagi qon tomirlar uchun kislorod va ozuqa manbasi hisoblanadi.

 

Agar mushaklar qisilib tursa, mikroelementlar bilan taʼminlanishda muammo kuzatiladi. To‘qimalarning qon bilan taʼminlanishi qiyinlashadi, limfa bosh sohasida to‘planib, shishlar paydo bo‘ladi. Buning hisobiga yuz tuzilishida o‘zgarish kuzatiladi, ko‘rish qobiliyatida muammo kuzatiladi, ajin paydo bo‘lib, bosh og‘rig‘i bezovta qiladi.

 

Bo‘yinlardagi zo‘riqishni bartaraf qilishga yordam beruvchi mashqlar

 

Qo‘llarni bo‘yin va ko‘krak qafasi sohasiga qo‘yib, chuqur nafas oling. Bu vaqtda qo‘lingiz zo‘riqish kuzatilayotgan sohaga tegib tursin.

 

Spazm bo‘yinning orqa qismida bo‘lsa, boshni oldinga eging. Mushaklarni massaj qilish ham yaxshi samara beradi. Bo‘yinning orqa qismini yengil harakatlar bilan massaj qiling.

 

Bo‘yin sohasida qo‘llarni birlashtirib, boshingizni oldinga va orqaga buking. O‘nga va chapga qarang.

Agar o‘zingizni yengil his qilsangiz, demak mashqni to‘g‘ri bajargan bo‘lasiz.

 

Qo‘llarni bo‘yin sohasidan olmasdan turib, boshni aylanma harakatlantiring. Bo‘yin sohasidagi mushaklarning maksimal cho‘zilishiga eʼtibor qarating.

 

Orqa va oldinga aylanma harakatlarning har biri 2 daqiqa davom etishi kerak. 

 

Bo‘yinning chap qismini ushlab, ensa va quloqni o‘ng tomonga buking. Keyin xuddi shu mashqni bo‘yinning o‘ng tomonida bajaring.

 

Doimiy ravishda mashqlar bajarilsa, ijobiy natija seziladi. Yanada yaxshi samara berishi uchun esa faqat bo‘yin emas, yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarga ham ahamiyat berish kerak bo‘ladi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bo‘yin sohasidagi og‘riqlarni bartaraf etuvchi 3 tavsiya | Zamon.uz