Sport

Novak Jokovichni yana bir muammo kutmoqda

Tennischi  emlanmagani  uchun katta miqdorda mablag‘ yo‘qotishi mumkin.

Novak Jokovichni yana bir muammo kutmoqda

 

Emlashdan bosh tortish Novak Jokovichga Avstraliya Ochiq chempionatidan chetlatilganidan ham  qimmatroqqa tushishi mumkin. “Tennis Head” xabariga ko‘ra, serbiyalik tennischi homiylik shartnomalari bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi kutilmoqda.

 

Gazetaning yozishicha, hozirda sportchi bilan hamkorlik qiluvchi yetakchi kompaniyalar Avstraliyada uning shaxsi atrofidagi janjalni kuzatib bormoqda. vaziyat emlash kampaniyasining asosiy raqibiga aylanib borayotgan serbiyalik sportchi  foydasiga ketayotgani yo‘q. Bu hodisa reklama beruvchilarni qo‘rqitishni boshlagan va ular shartnomalarni bekor qilishga tayyor. Buning ortidan Jokovich  30 million dollar  miqdorda pul yo‘qotishi mumkin.

 

Maʼlumot o‘rnida: Avstraliya rasmiylari Jokovichni Ochiq chempionatdan, emlashdan ozod qilishga qaratilgan tibbiy yordam olish uchun asoslar yetarli emas deb hisoblab, uning vizasini bekor qilishdi.

 

Tennischi sudga  murojaat qildi va unda g‘alaba qozondi. Ammo u hamon mamlakatdan deportatsiya qilinishi mumkin. Viktoriya hukumati Jokovichni Avstraliyaga kirishda yolg‘on maʼlumot berganlikda gumon qilmoqda.

 

Avvalroq dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi Rojer Federer 2022 yilgi “Australian Open” turnirida qatnashmasligini maʼlum qilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"