Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketdi
Falokat oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 45 kishi jarohat oldi.

Hindistonda yo‘lovchi poyezdi halokatga uchradi. Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatidagi Jalpayguri tumanida sodir bo‘lgan.
Poyezd Assam shtatidagi Guvahatiga ketayotgan bo'lgan. Hozirda qutqaruv operatsiyasi yakunlandi. Poyezdlar harakati qayta tiklandi. 36 nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Rasmiylar hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSHda poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgani, 50 dan oshiq yo‘lovchi tan jarohat olgani hamda Chexiyada ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashgani haqida xabar qilingandi.







