Salomatlik

Osiyo mamlakatlari yangi shtammning navbatdagi “nishon”i bo‘lmoqda

Koronavirusning Omicron shtammi dunyo aholisini yana ihotalanishga majbur qildi.

Osiyo mamlakatlari yangi shtammning navbatdagi “nishon”i bo‘lmoqda

 

Germaniyada jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurish taqiqlandi. Vaksina olmagan va “manfiy” test natijasi bo‘lmaganlar restoran va barlar, teatr hamda tomoshagohlar hamda fitnes klublariga kiritilmaydi.

 

Fransiyada esa buster-doza bilan emlanish uchun aholiga 7 oy muddat berildi. Chunki hozir bu yerda kunlik kasallanish holatlari cho‘qqiga chiqqan. 15 yanvarda mamlakatda 324 ming kishida SOVID-19 infeksiyasi aniqlangan.

 

Daniyada ham mutaxassislar emlanishga katta umid bog‘lashyapti. Shu sababli u Yevropada to‘rt dozali vaksinani qo‘llagan birinchi davlat bo‘ldi.

 

Gretsiyada esa 60 yoshdan oshgan emlanmagan fuqarolar jarimaga tortila boshladi. To‘lov miqdori 50 yevroga teng va kelgusi oydan u ikki barobar oshiriladi.

 

Hindiston pandemiya davrida koronavirusni yuqtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda. Bu yerda jami kasallanganlar soni 37 million nafardan oshgan. Ulardan 486 ming nafari SOVID-19 asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

 

Hozir ham mamlakatda epidemiologik vaziyat murakkab. Mahalliy shifokorlar aholidan hech bo‘lmaganda bu yil Gang daryosida ommaviy cho‘milish marosimida ishtirok etmaslikni so‘ragan. Biroq bu ogohlantirishlarga qaramay, kecha 350 ming kishi yoppasiga suvga tushdi.

 

Rossiya esa epidemiologik vaziyat oldingi pandemiya to‘lqinidan ham xavotirli tus olishidan tashvishda. Kecha mamlakatda qariyb 29 ming kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Mutaxassislar 1 fevralga qadar kasallanish ko‘rsatkichlari 65 mingga yetishi mumkin, deb prognoz qilishmoqda.

 

Xitoyda kelgusi oyda 4 yillikning muhim tadbiri — qishki Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishi kerak. Lekin karantin choralari qanchalik kuchaytirilmasin, mamlakatda musobaqaga 18 kun qolganida ilk Omicron holati ro‘yxatga olindi.

 

Yaponiyada esa koronavirusning ushbu mutatsiyasini yuqtirgan bemorlar orasida birinchi o‘lim holati qayd etildi.

 

Amerikalik olimlar ana shunday murakkab vaziyatda, yaʼni yangi shtammining tez surʼatlarda tarqalishi oqibatida koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo bo‘lishi mumkin, degan xulosani aytishdi. Shu sababli ular emlanish, ayniqsa qo‘shimcha dozada vaksina olish eng samarali va to‘g‘ri chora ekanligini taʼkidlashmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Omicron shtammi tufayli endilikda bir qator davlat fuqarolari Qozog‘istonga kira olmasligi hamda Isroil yangi shtamm tufayli chegaralarni vaqtinchalik yopgani haqida xabar qilingandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"