Ta'lim

Tanlov g‘olibiga eski noutbuk berilgani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi

Kecha Nurobod tumanidagi 41-maktab o‘quvchisi Sardor Sattоrov tomonidan internet tarmog‘iga joylangan murojaat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Tanlov g‘olibiga eski noutbuk berilgani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi

 

Sardor Sattorov "Bir million dasturchi" loyihasi doirasidagi IT tanlovida g‘olib bo‘lgani, ammo unga topshirilgan sovrin — noutbuk juda ham eski va ishlatilgan bo‘lib chiqqanini aytgan.

 

Viloyat halq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati S.Sattorovning tuman bosqichida g‘olib bo‘lib, taqdirlash marosimi nizomga ko‘ra, tuman hokimligi tomonidan tashkil etilganini bildirdi. 

 

Nurobod tuman hokimligi holat yuzasidan dastabki bayonotini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, hozirda mazkur masala hokimlik tomonidan o‘rganilmoqda. 

 

“Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani 41 umumtaʼlim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sattоrov Sardor “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining viloyat bosqichida birinchi o‘rinni olishiga qaramay unga 3-darajali diplom hamda ishlatilgan (eski) noutbuk sovg‘a qilinganligi to‘g‘risida qilgan video murojaati eʼlon qilindi.

 

Joriy yilning 6 yanvar kuni Nurobod tumanidagi umumtaʼlim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi asosida “IT-TANLOV”ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 41-umumtaʼlim maktabining 8-sinf o‘quvchisi S.Sattоrov faxrli birinchi o‘rinni olib, tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda “realme C11” rusumli telefon apparati bilan taqdirlangan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar beriladi”, deyiladi hokimlik xabarida.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

custom img

Endi o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalanadi

Senatda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

custom img

Test sinovlari uchun ajratilgan binolar soni maʼlum qilindi

2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

custom img

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihon qachon o'tkaziladi?

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"