Salomatlik

Vaziyat o‘ta jiddiy: Pandemiya boshidan buyon rekord daraja!

Niqob taqing. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling. O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang!

Vaziyat o‘ta jiddiy: Pandemiya boshidan buyon rekord daraja!

 

Kecha koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich 1000 dan oshib, pandemiya boshidan buyon rekord darajaga yetdi.

 

🔺2022-yil 16-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 206122 (+1037) nafarni tashkil etmoqda.

 

🔴Yangi kasallanish holatlarining:

📌39 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

📌25 nafari Andijon viloyatida,

📌30 nafari Buxoro viloyatida,

📌40 nafari Jizzax viloyatida,

📌8 nafari Navoiy viloyatida,

📌32 nafari Namangan viloyatida,

📌55 nafari Samarqand viloyatida,

📌22 nafari Sirdaryo viloyatida,

📌15 nafari Surxondaryo viloyatida,

📌29 nafari Farg‘ona viloyatida,

📌35 nafari Xorazm viloyatida,

📌172 nafari Toshkent viloyatida,

📌535 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

♻️Kecha kun davomida:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 nafar,

🔹 Buxoro viloyatida 18 nafar,

🔹 Jizzax viloyatida 53 nafar,

🔹Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,

🔹Navoiy viloyatida 6 nafar,

🔹 Namangan viloyatida 30 nafar,

🔹 Samarqand viloyatida 32 nafar,

🔹Sirdaryo viloyatida 7 nafar,

🔹Surxondaryo viloyatida 14 nafar,

🔹 Farg‘ona viloyatida 24 nafar,

🔹Xorazm viloyatida 27 nafar,

🔹Toshkent viloyatida 59 nafar,

🔹Toshkent shahrida 140 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 199193 (+448) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

⚫️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1518 nafarni tashkil qildi.

 

So‘nggi kunlarda yurtimizda koronavirusga chalinish holatlari soni tobora ortib boryapti. Bu esa baʼzi hollarda aholining sarosimaga berilishiga sabab bo‘lmoqda.

 

To‘g‘ri, virusning yangi shtammi avvalgi mutatsiyalarga nisbatan yuquvchanligi ancha yuqori, biroq unga chalingan aksariyat bemorlarda kasallik yengil darajada kechib, asosan respirator belgilar bilangina namoyon bo‘layotir. Shu sababli yurtdoshlarimizdan ortiqcha xavotirga berilmasliklarini, karantin qoidalariga qatʼiy rioya etib, koronavirusga qarshi to‘liq emlanishlarini so‘raymiz.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"