Sport

Afrika Kubogining guruh o‘yinlarida qanday natijalar qayd etildi?

Qora qit’ada futbol bayrami qizg‘in pallaga kirmoqda.

Afrika Kubogining guruh o‘yinlarida qanday natijalar qayd etildi?

 

9-yanvardan Afrikada futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar ishtirokida qit’a chempionatiga start berilgan edi. Biz saytimiz orqali musobaqaning birinchi turida qayd etilgan natijalar haqida xabar bergan edik.  Ayni kunlarda chempionatning  ikkinchi hamda qisman uchinchi tur o‘yinlari ortda qoldi. Quyida sizlarni ushbu tur o‘yinlarida qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz. 

 

A guruhi:

 

2-tur o‘yinlarini Kamerun hamda Efiopiya jamoalari ishtirokidagi o‘yin ochib berdi. Natijada mezbonlarning katta ustunligida o‘tgan uchrashuvda kamerunliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Kabo-Verde va Burkina-Faso jamoalari to‘qnash keldi. Murosasiz o‘tgan uchrashuvda Burkina-Faso termasi kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Guruhning uchinchi tur o‘yinida esa Kamerun Kabo-Verde bilan 1:1 hisobidagi durang natijaga erishdi. Burkina-Faso va Efiopiya o‘rtasidagi bahsda ham aynan shu hisob qayd etildi. Guruh bosqich o‘yinlaridan so‘ng Kamerun va Burkina-Faso termalari pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

 

B guruhi:

 

Mazkur guruhdan o‘rin olgan ikkinchi tur o‘yinlari 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Senegal Gveniya bilan Malavi Zimbabve bilan to‘qnash keldi. Birinchi o‘yinda Senegal Gveniya 0:0 hisobida durang natijaga erishgan bo‘lsa, Malavi Zimbabve ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Guruhning uchinchi tur o‘yinlarida esa Sadio Mane boshchiligidagi Senegal jamoasi bu safar ham durang natijaga erishdi. Bu safar Malavi termasi senegalliklar bilan bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Zimbabve Gveniya termasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Guruh bosqich uchrashuvlaridan so‘ng Senegal hamda Gveniya termalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

 

C guruhi:

 

Bu guruhning 2-tur o‘yinlari 14-15-yanvar kunlari o‘tkazildi. Dastlabki o‘yinda Marokash Komor orollarini Selim Amalla va Zakariya Abuxlyallarning goli evaziga 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Guruhning ikkinchi bahsida Gabon Gana termasi bilan durang natija qayd etdi. Uchinchi tur o‘yinlari gollarga boy bo‘ldi. Unda Gabon Marokash bilan 2:2 hisobida jangovor durangga erishgan bo‘lsa, Komor orollari Ganani irodali 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Oxirgi tur o‘yinlaridan so‘ng Marokash hamda Gabon jamoalari keyingi bosqich chiptasiga ega bo‘lishdi. 

 

D guruhi:

 

D guruhining ikkinchi tur o‘yinlari 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘yinda guruh favoriti Nigeriya termasi Sudanni 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi uchrashuvda Misr jamoasi Gveniya-Bisaudan 1:0 hisobida ustun keldi. Guruhning so‘nggi tur uchrashuvlari kuni kecha o‘z yakuniga yetdi. Unda Nigeriya Gveniya-Bisauni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Misr Sudan ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. Uchinchi tur bahslaridan so‘ng Nigeriya va Misr termalari nimchorak final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. 

 

E guruhi:

 

Ushbu guruhning ikkinchi tur o‘yinlarida Kot-divuar Serra-Leone bilan 2:2 hisobda durang o‘ynagan bo‘lsa, Ekvatrial Gveniya Jazoir ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur turdan so‘ng Kot-divuar 4 ochko jamg‘argan holda guruh peshqadami bo‘lib turibdi. E guruhining uchinchi tur o‘yinlari bugun bo‘lib o‘tadi. Unda Serra-Leone Ekvatirial Gveniya bilan, Jazoir esa Kot-divuar bilan to‘qnash keladi. 

 

F guruhi:

 

Bu guruhning ikkinchi tur o‘yinlarida dastlab Gambiya Mali bilan durang natija qayd etdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida esa Tunis Mavritaniyani yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur guruhning uchinchi tur o‘yinlari bugun bo‘lib o‘tadi. Unda Gambiya Tunis bilan Mali Mavritaniya termasi bilan bahs olib boradi. Ikkinchi tur o‘yinlaridan so‘ng Gambiya va Mali 4 ochkodan jamg‘arib guruh peshqadami bo‘lib turibdi.

 

Jamshidbek AMIROV

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"