Yurtimizda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi
Emlangan bolalar haqidagi maʼlumotlar emlash.uz dasturiga kiritib boriladi.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining yangi shtammi keng tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro va respublika darajasidagi ekspertlar tavsiyalari hamda aholi murojaatlarini inobatga oli6, COVID-19ga qarshi 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “Pfizer” vaksinasi bilan (ota-onalar yoki vasiylarning roziligi bilan) ixtiyoriylik asosida emlashga ruxsat berildi.
Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov maʼlum qildi.
“Pfizer” vaksinasi bilan 12 yosh va undan katta bo‘lgan aholini emlash uchun 0,3 ml emlash dozalari ishlatilgan bo‘lsa, 5 - 11 yoshdagi bolalarni emlash uchun 0,1 ml doza qo‘llaniladi.







