Siyosat

Qurilish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash elektron tender orqali amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qurilish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash elektron tender orqali amalga oshiriladi

 

Nizomga ko‘ra, maqsadli dasturlarga muvofiq moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun pudrat tashkilotlari faqat davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi orqali aniqlanadi.

 

Mazkur nizom davlat buyurtmachilarining bir shartnoma bo‘yicha qiymati BHMning 6000 baravaridan ortiq bo‘lgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi. Mazkur miqdordan kam bo‘lgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga ushbu tartib tavsiyaviy ahamiyatga ega.

 

Tender predmetining boshlang‘ich narxi (QQS bilan) BHMning 200 000 baravarigacha bo‘lgan elektron tenderlarda faqat o‘sha hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar qatnashadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi).

 

Elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanadan boshlab 2 ish kuni ichida platforma tomonidan tender g‘olibi aniqlanadi va g‘olib tashkilotga aksept yuboriladi. Aksept g‘olib tashkilot tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab tender tugallangan deb hisoblanadi. Elektron tender natijalari bo‘yicha g‘olib eʼlon qilingan paytdan boshlab 3 kun muddatdan kechikmay pudrat shartnomasi tuziladi.

 

Tender bo‘yicha shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun ishchi organ etib Qurilish vazirligi belgilanadi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"