Sport

Edinson Kavani Manchesterda qoladi

“Manchester Yunayted”ning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani “River Pleyt”ga o‘tmasligi maʼlum bo‘ldi.

Edinson Kavani Manchesterda qoladi

 

Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining Twitter sahifasida maʼlum qildi.

 

Manbaga ko‘ra, tomonlar bu transferdan manfaatdor emas, hech kim hech qanday muzokara o‘tkazmagan. Urugvaylik futbolchi mavsum oxirigacha Manchesterda qolishga rozi. Forvard kelajagi haqida faqat may oyida qaror qabul qiladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Kavanining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 4 million yevroni tashkil qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Kavani 2020 yilning oktabr oyida erkin agent sifatida “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. Hujumchi joriy mavsumda APLda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Avvalroq, Xavi Pogbaning “Barsa”ga o‘tishini istamagani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Edinson Kavani Manchesterda qoladi | Zamon.uz