Fransiyalik futbolchining agenti Mino Rayola mijozining transferini “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan muhokama qilganiga qaramay, mazkur shartnomaga bir qancha holatlar xalaqit bermoqda.
Birinchidan, Pogbaning maoshi va Rayolaning sharti “Barsa” uchun juda qimmatga tushmoqda. Ikkinchidan, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Pogbaning kelishidan manfaatdor emas, chunki klubda yarim himoya chizig‘i yetarli darajada kuchaytirilgan.
Avvalroq Frenki de Yong “Barselona”da qolmoqchi ekanligi va kataloniyaliklar transferlar uchun mablag‘ izlayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


