Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Unda yurtimizdan qatanashayotgan tog‘ chang‘ichisi Komiljon To‘xtayev O‘zbekiston davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

 

Bugun, 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida  XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

 

Tadbir xorijiy davlatlar yetakchilari, rasmiy delegasiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida bo‘lib o‘tdi.

 

Marosim badiiy dasturi XXR Raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan «Insoniyatning umumiy taqdiri hamjamiyati» konsepsiyasini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, Xitoy xalqining qadimiy tarixi va boy madaniyati, jahon iqtisodiyoti peshqadami sifatida erishayotgan ulkan muvaffaqiyat va yutuqlari, xalqaro olimpiya harakatining ruhi va qadriyatlarini aks ettirdi.

 

So‘ng Millatlar paradi bo‘lib o‘tdi. Qishki Olimpiadada ishtirok etayotgan mamlakatlarning sport delegasiyalari, shu jumladan O‘zbekiston jamoasi stadion bo‘ylab yurdi. O‘yinlarda yurtimizdan qatanashayotgan tog‘ chang‘ichisi Komiljon To‘xtayev O‘zbekiston davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarib o‘tdi.

 

Yorqin sport bayrami avjida Olimpiya olovi yoqildi. Marosim bayramona mushakbozlik bilan yakunlandi.

 

4-20 fevral kunlari o‘tkaziladigan Olimpiya musobaqalarida sportning 15 ta yo‘nalishi bo‘yicha 109 ta medallar to‘plami o‘ynaladi, ular uchun dunyoning 95 mamlakatdian 4 mingdan ziyod sportchi kurashadi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi | Zamon.uz