Olimlar saraton kasalligining bir nechta yangi simptomlarini aniqladi
Ovqatlanishda juda tez to'yib qolish oshqozonosti bezi saratoni belgisi bo'lishi mumkin.

Ovqat paytida tez to'yib qolish oshqozonosti bezi saratoni belgisi bo'lishi mumkin. Bu haqda Daily Express Buyuk Britaniyaning Pancreatic Cancer tashkilotiga tayanib xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, oshqozonosti bezi saratoni bilan og'rigan bemor ovqatlanayotganda tez to'yish hissi tufayli yutinishda qiynaladi.
Xavfli kasallikning boshqa belgilari qatorida shifokorlar titroq, isitma va umumiy zaiflik holatini kuzatilishini ham aniqlashdi. Shuningdek, mutaxassislar ishtahani sababsiz yo'qotish, ovqat hazm qilish muammolari va tez-tez ko'ngil aynish hissiyotlariga e'tibor berishga chaqirdilar. Biroq, bir yoki bir nechta alomatlar mavjudligi har doim ham saraton mavjudligini ko'rsatmaydi.
Maqolada ta'kidlanishicha, oshqozonosti bezi saratoni diagnostikasi qiyin bo'lgani tufayli ko'pincha bemorlar allaqachon rivojlangan bosqichlarda mutaxassislarga murojaat qilishadi.
Avvalroq "Omicron" shatmmining noodatiy belgilari aniqlangani xabar qilingan edi.








