Ronalduning avtoparki namoyish etildi
“Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronalduning 25 million dollarlik avtoparki borligi ma'lum bo‘ldi.

Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi. Unga ko‘ra, “Netflix” kompaniyasining Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodrigesga bag‘ishlangan yangi filmida portugaliyalik futbolchining 25 million dollarlik superkar garaji namoyish etildi.
“Manchester Yunayted” yulduzi yuqori baholi avtomobillarning ishqibozi va “Men Jorjinaman” filmining Madriddagi 7 million dollarlik uyida suratga olingan kadrlarida ko‘plab superkarlar, jumladan, 2,71 million dollarlik “Bugatti Chiron” namoyish etildi.
Quyida Ronalduning kolleksiyasidagi barcha mashinalar keltirilgan.
“Bugatti Centodieci” — 11,50 million dollar;
“Bugatti Chiron” — 2.71 million dollar;
“Bugatti Veyron” — 2,3 million dollar;
“Ferrari Monza” — 1,89 million dollar;
“McLaren Senna” — 1,35 million dollar;
“Mercedes G-Wagon Brabus” — 812 ming dollar;
“Ferrari 599 GTO” — 676 ming dollar;
“Rolls-Royce Phantom Drophead” — 676 ming dollar;
“Ferrari F12 TDF” — 473 ming dollar;
“Rolls-Royce Cullinan” — 446 ming dollar;
“Lamborghini Aventador” — 352 ming dollar;
“Bentley Flying Spur” — 338 ming dollar;
“McLaren MP4-12C” — 365 ming dollar;
“Mercedes-Benz S65 AMG” — 270 ming dollar;
“Bentley Continental GT” — 204 ming dollar;
“Mercedes AMG GLE 63” — 171 ming dollar;
“Range Rover Sport” — 135 ming dollar;
“Chevrolet Camaro” — 47 ming dollar.
Avvalroq, Messi va Ronaldu kuchli uchlikka kirolmagani haqida xabar berilgandi.







