Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashdi

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha batafsil fikr almashdilar.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashdi

 

Bugun, 5 fevral kuni Pekin shahridagi Butunxitoy xalq vakillari kengashi uyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Muzokaralar avvalida Rais Si Szinpin davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, unga qishki Olimpiadaning ochilish marosimida shaxsan ishtirok etgani uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi.

 

O‘zbekiston Prezidenti, o‘z navbatida, taklif va samimiy qabul uchun tashakkur bildirib, Xitoy rahbariyati va do‘st xalqini Olimpiya o‘yinlarining ochilishi juda yuksak saviyada o‘tkazilgani, tadbir bugungi Xitoyning ulkan muvaffaqiyat va yutuqlarini namoyish etgani bilan tabrikladi.

 

Yetakchilar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan batafsil fikr almashdilar.

 

Yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va o‘zaro manfaat prinsiplariga asoslangan davlatlararo munosabatlar bugun yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Oliy darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama aloqalarning faollashishiga xizmat qildi.

 

2021 yil yakuniga ko‘ra tovar ayirboshlash rekord ko‘rsatkichga yetdi, Xitoydan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investisiyalar hajmi 9 milliard dollarni tashkil etdi.

 

Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida sanoat, kimyo tarmog‘i, energetika, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda yuqori texnologik loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

“Yashil” iqtisodiyot, sun’iy intellekt, raqamlashtirish va elektron savdo sohalaridagi hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

“Ipak yo‘li” jamg‘armasi bilan uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha amaliy sheriklikning strategik loyihalarini ilgari surishga qaratilgan yangi “yo‘l xaritasi” shakllantirilmoqda. Moliyaviy-texnik ko‘mak dasturi kengaytirilmoqda.

 

Uchrashuvda ushbu tashrif doirasida imzolangan besh yillik Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik dasturini keng ko‘lamda amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.

 

Mutanosib tovar ayirboshlashga erishish, samarali hududlararo almashinuvlarni qayta tiklash va samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha birgalikda chora ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Kambag‘allikka va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Xitoy tajribasini o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Sog‘liqni saqlash, an’anaviy tibbiyot, turizm, ta’lim, madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlik dasturini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

 

Muhim iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ilgari surish maqsadida qo‘shma Xukumatlararo qo‘mita va uning sohalar bo‘yicha kichik qo‘mitalarining navbatdagi majlislarini o‘tkazish masalalari kelishib olindi.

 

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Afg‘onistonda tez fursatda tinchlik o‘rnatilishiga va iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish ko‘rib chiqildi.

 

Rais Si Szinpin O‘zbekistonning joriy yilda Shanxay hamkorlik tashkiloti raisi sifatidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatladi.

 

Yakunda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy yetakchisi va xalqini oy taqvimi bo‘yicha kirib kelgan Yangi yil bilan tabrikladi va qishki Olimpiada muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

 

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashdi | Zamon.uz