Yo‘l harakatidagi huquqbuzarliklar uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi
Yo‘l bezoriligi degan yangi javobgarlik turi ham kiritiladi.

Davlat rahbari bundan buyon har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini maʼlum qildi.
Haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o‘tsa – 3 ball hisoblanadi.
Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Avtomobilni tartibsiz boshqarib, boshqa haydovchilarga xalaqit qilganlik uchun alohida yo‘l bezoriligi degan yangi javobgarlik turi kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida "Xavfsiz va ravon yo‘l" tamoyili asosida yo‘llarda inson xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlangani haqida xabar berilgandi.







