Neymarning uch oylik tanaffusi yakuniga yetmoqda
Pochettino Neymarni “Real”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishiga umid qilmoqda.

“PSJ” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino braziliyalik hujumchi Neymarning “Real”ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida jamoaga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.
“Biz seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinga juda yaxshi kayfiyatda tushamiz. Neymar? Yaqin kunlarda u umumiy guruhda bo‘la oladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Kutishlar haqida gap ketganda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Keling, yaqin kunlarda voqealar qanday rivojlanishini ko‘ramiz. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, u jamoada bo‘lishi mumkin va umid qilamanki, shunday bo‘ladi”, - deya Pochettinoning so‘zlaridan “Ле Figaro ” iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 15-fevral kuni Parijda “PSJ” va “Real” o‘rtasidagi УЭФА Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Parijliklar hujumchisi Neymar noyabr oyi oxirida to‘pig‘idan jarohat olgan edi. Fevral oyining boshida u individual mashg‘ulotlarni boshlagan.
Avvalroq, Draksler “PSJ” uchun keraksiz futbolchiga aylangani va Habib Numagomedov Chempionlar ligase favoritlarini aytgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







