“Barselona”ga qaytishni istardim”
Andres Inyesta kataloniyaliklarga yordam bermoqchi.

“Barselona” klubining sobiq futbolchisi Andres Inyesta Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligini aytdi.
“Barselona”ga qaytishni istardim. Men klubga yordam bermoqchiman. U yerda juda yaxshi futbolchilar yig‘ilmoqda. Ammo, kelajakda nima bo‘lishini aytish qiyin. “Barsa" mening uyim”, deya “Twitch” telekanali jurnalistining savoliga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda yarim himoyachi Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida to‘p surib kelmoqda.
Avvalroq, “Bavariya” Vernerni vataniga qaytarmoqchi ekanligi va “Barselona” hujumchi izlayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







