0

COVID-19'ga qarshi emlangan fuqarolarga pul mukofoti beriladimi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holatga aniqlik kiritdi.

COVID-19'ga qarshi emlangan fuqarolarga pul mukofoti beriladimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda COVID-19'ga qarshi emlangan fuqarolarga davlat tomonidan ajratilgan 750 ming so‘mni Sog‘liqni saqlash vazirligining veb-sayti orqali olish uchun havola keltirilgan maʼlumotlar tarqatilmoqda.

 

Mazkur maʼlumotlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

 

Maʼlumki, koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali turli asossiz, hech qanday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan uydirma maʼlumotlarni tarqatish hollari tez-tez kuzatilmoqda.

 

Bu esa keng jamoatchilik orasida turli tushunmovchiliklarning yuzaga kelishiga, baʼzi hollarda esa ortiqcha sarosimalarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqidagi axborot ham ana shunday maqsadda tarqatilgan bo‘lib, hech qanday rasmiy asosga ega emas.

 

Shuning uchun, vazirlik aholidan bu kabi feyk xabarlarga ishonmaslik, vaksinatsiya jarayonlari bilan bog‘liq eng to‘g‘ri maʼlumotlarni Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ssv.uz sayti hamda Telegram'dagi sahifalari orqali olish mumkinligini eslatib o‘tadi.

 

Maʼlumot uchun: bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"