Eng dolzarb

Gulnora Karimova ishi bo‘yicha jamg‘arma tuziladi

Tashkilot uning xorijga noqonuniy olib ketgan mulklarini nazorat qiladi.

Gulnora Karimova ishi bo‘yicha jamg‘arma tuziladi

 

Adliya vazirligi tomonidan tarqatilgan xabarda aytilishicha, yil boshida Fransiyadan G.Karimovaga tegishli 10 million AQSH dollari qiymati atrofida qo‘shimcha aktivlar O‘zbekistonga qaytarildi.

 

2020 yilning may oyida ham Fransiyadan 10 million AQSH dollari qiymatidagi aktivlar qaytarilgan edi.

 

Shu bilan birga, G.Karimova mulklarini qaytarish va restitutsiya qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko‘ptomonlama trast jamg‘armasini tashkil etishga kelishildi. Mazkur jamg‘armadan Gulnora Karimovaga nisabatan jinoiy ish yurutuvi doirasida to‘liq musodara qilingan aktivlarni qaytarish uchun foydalaniladi.

 

Hozirgi kunda taxminan 131 million AQSH dollari qiymatidagi akivlar qaytarilishga tayyor.

 

Jamg‘arma boshqaruvi Shveysariya, O‘zbekiston va BMT vakillaridan tashkil topadi. Qaytarilgan mablag‘lar BMTning qoida va nizomlari asosida tuzilgan Jamg‘armaning monitoring va baholash tizimiga muvofiq nazorat qilib boriladi. Fuqarolik jamiyati institutlari Jamg‘arma faoliyatida maslahatchilar sifatida ishtirok etadi.

 

Qaytarilgan mablag‘lar aholi farovonligini yaxshilash uchun ijtimoiy sohaga sarflanadi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"