O'zbekiston

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

Go‘shtning iste’molga yaroqliligi yuzasidan laboratoriya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Kelib chiqishi noma’lum go‘sht: Qarshida xonadondan 425 kg go‘sht topildi

 

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi “Bo‘ston” mahallasida joylashgan xonadonlardan birida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 425 kilogramm go‘sht mahsuloti aniqlandi.

 

Mazkur mahsulotlar belgilangan tartibda hujjatlashtirilib, iste’molga yaroqliligini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boshqarmasi laboratoriyasiga topshirildi.

 

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xonadondan topilgan go‘sht iste’molga yaroqsiz deb topilgan. Hozirda laboratoriyada qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi 386-son qaroriga muvofiq, hayvonlarni go‘sht uchun so‘yish ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida, belgilangan veterinariya-sanitariya talablari asosida amalga oshirilishi lozim.

 

So‘yilgan hayvon go‘shti veterinariya mutaxassislari tomonidan tekshirilib, uning iste’molga yaroqliligi yuzasidan tegishli xulosa rasmiylashtiriladi. Shuningdek, mahsulot haqidagi ma’lumotlar elektron axborot tizimiga kiritilib, go‘sht bo‘laklariga QR-kodli yorliq yopishtiriladi.

 

Go‘sht mahsulotlarini sotishda ham tegishli veterinariya hujjatlari va veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosasi bo‘lishi, mahsulotlar maxsus sovutkichli rastalarda saqlanishi hamda belgilangan talablarga muvofiq tashilishi shart.

 

Kelib chiqishi tasdiqlanmagan va veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan go‘sht mahsulotlarini sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Mahalliy qurilish materiallari qo‘llab-quvvatlanadi: 200 mln dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi

Prezident 31 ta loyiha institutining faoliyatini zamon talablariga moslashtirish, ularga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yechimlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

AI-80 bo‘yicha cheklov saqlanadi: Energetika vazirligi sababini tushuntirdi

Birja savdolariga chiqarilgan benzindan yuqori oktanli benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Kumushkonda “Oltin bel” majmuasi barpo etildi: 600 ta ish o‘rni yaratildi

Majmua bir vaqtning o‘zida 6 ming nafargacha mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi 20 foizga oshdi: metropoliten murojaat bilan chiqdi

Gavjumlikni kamaytirish uchun Chilonzor bekati o‘rniga «Mirzo Ulug‘bek», Xalqlar do‘stligi bekati o‘rniga esa «Milliy bog‘» bekatidan foydalanish tavsiya etilmoqda.

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

30 mingga yaqin pedagog kasbiy sinovdan o‘ta olmadi: har 9 pedagogdan faqat 2 nafari sertifikat oldi

Eng yuqori natija Samarqand davlat chet tillar instituti bitiruvchilarida qayd etildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: bugun “yashil” daraja kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: bugun “yashil” daraja kutilmoqda

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Endi pensiyaga muddatidan oldin chiqish uchun idorama-idora yurish shart emas

Endi pensiyaga muddatidan oldin chiqish uchun idorama-idora yurish shart emas

Korxona tugatilishi yoki shtatlar qisqarishi sababli ishsiz qolgan fuqarolar pensiyaga chiqish uchun onlayn ariza berishi mumkin.

36 ming dollarlik opiy savdosi fosh etildi: uch viloyatda narkotik moddalar bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

36 ming dollarlik opiy savdosi fosh etildi: uch viloyatda narkotik moddalar bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Qashqadaryodagi YPX maskanida tekshirilgan avtomobil yo‘lovchisidan 327 gr opiy va 127 gr gashish topilgan.