Siyosat

Tizimli ishlar bo‘yicha birorta hudud rahbarida aniq tasavvur yo‘q — Shavkat Mirziyoyev

Bir oyda o‘zgarish qilmagan tuman hokimlarini ishdan olish bo‘yicha taklif kiritildi.

Tizimli ishlar bo‘yicha birorta hudud rahbarida aniq tasavvur yo‘q — Shavkat Mirziyoyev

 

Biroz avval Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim o‘rin tutgan soha - chorvachilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, sohada ilg‘or texnologiyalarni keng qo‘llash orqali go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlangandi.

 

Mazkur yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev inson qadri tamoyiliga yana bir bor to‘xtaldi:

 

“Biz “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yilda kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Pandemiya davom etayotgani, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi kabi omillar dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Aholi kundalik isteʼmol xarajatlarining 30 foizini go‘sht, sut va tuxum kabi mahsulotlar tashkil etadi.

 

Shu bois, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning muhim tarmog‘i – chorvachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash, resurs tejovchi texnologiyalarni keng qo‘llash orqali go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish har kungidan ham dolzarb va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda”, dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

“Bugungi yig‘ilishni o‘zim har bir viloyat va tuman ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilib o‘tkazayotganimning yana bir muhim sababi – 2022 yilda chorvachilikda kamida 300 ming, qo‘y-echkichilikda 150 ming, pillachilikda 1,2 million, jami 1 million 650 ming aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha barcha imkoniyat va zaxira mavjud”, dedi Prezident.

 

 

Chorvachilik va pillachilikda bugungi vazifalarni bajarish va aytib o‘tilgan ish o‘rinlarini yaratishga shaxsan viloyat hokimlarining o‘zi masʼul va javobgar bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Tuman hokimlari, agrar soha rahbarlari uchun chorvachilik, qo‘ychilik, echkichilik, pilla va jun sanoati yo‘nalishida o‘quv seminari tashkil etish zarurligi qayd etildi.

 

Davlat rahbari ishtirokidagi ushbu yig‘ilishda taʼkidlanganidek, 2019-2021 yillarda:

 

— chorvachilik bo‘yicha 8 turdagi subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yildi;

 

— chorvachilikka 15 trillion so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratilib, 4,5 mingga yaqin loyiha amalga oshirildi;

 

— naslchilik xo‘jaliklari soni 3 baravarga ko‘payib, 1 ming 414 taga yetdi;

 

— chorva mollari soni 1,2 millionga ko‘paydi.

 

Lekin, respublika bo‘yicha har 2 kishiga o‘rtacha 1 ta qoramol to‘g‘ri kelsa, bu ko‘rsatkich Namangan, Farg‘onada 4 kishiga 1 ta, Toshkent viloyati va Surxondaryoda 3 kishiga 1 tani tashkil etmoqda.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Tizimli ishlar bo‘yicha birorta hudud rahbarida aniq tasavvur yo‘q — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz