O'zbekiston

Chorvachilik istiqboli nimaga bog‘liq?

Chorvadorlarni qiynayotgan muammolar hal etilsa, sohada sezilarli darajada o‘sish bo‘ladi.

Chorvachilik istiqboli nimaga bog‘liq?

 

Chorvachilik qishloq xo‘jaligining strategik yo‘nalishlaridan biri. Ovqatlanish ratsionida chorvachilik mahsulotlari katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, inson bir kunda o‘rtacha 150 gramm go‘sht isteʼmol qilishi kerak.

 

BMT butunjahon oziq-ovqat dasturi maʼlumotlariga ko‘ra, 2050 yilga kelib go‘sht isteʼmoli hozirgi davrdagidan ko‘ra, 73 foizga ortadi. 2020-yilda dunyo bo‘ylab 333 million tonna go‘sht, 850 million tonnadan ortiq sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 

O‘zbekistonda ham chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan, davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra,  2021-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 1,9 million tonna go‘sht yetishtirilgan. Bundan tashqari, qo‘shimcha 21 ming tonnadan ziyod mahsulot import qilingan.

 

Yuqoridagi maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki, chorvachilik bilan bog‘liq isteʼmol tovarlariga talab yuqori. Bu istiqbolda doimiy ravishda o‘sib boradi. Shu sababli, chorvachilikni rivojlantirish strategik ahamiyatga ega.

 

Birinchidan, bu oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim. Ekologik jihatdan toza, sifatli mahsulot inson salomatligi uchun zarur.

 

Ikkinchidan, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlariga talab o‘sib borishi hisobga olinsa, bu iqtisodiy jihatdan ham foydali. Sifatli va ekologik sof tovarlarni eksporti katta daromad olib kelishi mumkin.

 

16 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida chorvachilik sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda istiqboldagi eng muhim vazifalar belgilab berildi.

 

Selektorda aytilganidek, aholi kundalik isteʼmolining 30 foizini go‘sht, sut va tuxum mahsulotlari tashkil etmoqda. Davlat shu va boshqa omillarni hisobga olib, so‘nggi yillarda bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirgani natijasida so‘nggi ikki yilda chorva mollari bosh soni 1,2 millionga ko‘paydi. Shu bilan birga soha rivojiga so‘nggi yillarda yangi to‘siqlar paydo bo‘lgani, xususan, iqlim o‘zgarishi, yer va suv tanqisligi hamda pandemiya kabi omillar shakllangani qayd etildi.

 

Zamon.uz ushbu videoselektorda tilga olingan masalalar yuzasidan chorvadorlar fikrini o‘rgandi. Xususan, Toshkent viloyatida shunday faoliyat bilan shug‘ullanadigan ayrim fermerlar yaylovlar kamayib ketayotgani yuzasidan xavotir bildirdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, sifatli chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda yaylovlar holati eng muhim ahamiyatga ega. Prezident boshchiligidagi videoselektorda ham bu masala ko‘tarildi. Jumladan, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida yirik chorvachilik xo‘jaliklari soni boshqa hududlarga nisbatan ancha kamligi, 90 foiz chorva xonadonlarda boqilsa-da, ko‘p joylarda ozuqa-yem taʼminoti tizimi yo‘qligi taʼkidlangan.

 

So‘nggi 15 yilda ozuqa yer maydoni 430 ming gektardan 340 ming gektarga, bir bosh qoramolga to‘g‘ri keladigan ozuqa maydoni 50 sotixdan 27 sotixga kamaygani, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryoda takroriy ozuqabop ekin maydonlari 23 ming gektarga qisqarganligi qayd etilgan.

 

Chorvadorlarni qiynayotgan yana bir muammo – yem-xashakning narxi sezilarli darajada oshgani. Bu esa, o‘z navbatida, birinchi muammo bilan bog‘liq. Yaylovlar va ozuqabop ekin maydonlari qisqarishi yem-xashak ham kamayishiga sabab bo‘ladi. Prezident yig‘ilish davomida foydalanishdan chiqqan va yangi yerlarni o‘zlashtirib chorva boqishni tavsiya etdi.

Yana bir muhim jihati — iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi muammolarini hisobga olgan holda ozuqabop ekinlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish. Bunda suvni tejash texnologiyalarini joriy etish katta ahamiyatga ega.

Shavkat Mirziyoyev shu kabi texnologiyalarni joriy etgan xo‘jaliklarga moliyaviy imtiyozlar berilishini maʼlum qildi. Ushbu imtiyozlarning huquqiy asosi sifatida “Chorvachilikni yana-da rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorini keltirish mumkin.

 

Qishloq xo‘jaligining muhim yo‘nalishi bo‘lgan chorvachilikni rivojlantirish, sohada yangiliklar joriy etish va davr talablariga moslashishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Endilikda asosiy vazifa — belgilangan vazifalar ijrosi. Chorvachilik kelajagi ularning qog‘ozda olib ketmasligiga bog‘liq.

custom img

Prezident fuqarolarning ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha arizasi asossiz rad etilganini tanqid qildi

Bunday holatlar, ayniqsa, Bo‘ston, Oltinko‘l, Xovos, Toshloq, Sharof Rashidov, Uchquduq va Dehqonobod tumanlarida ko‘p uchrayotgani qayd etildi.

custom img

"Qamchiq" dovonida xavfli toshlar majburiy ko‘chirildi

Ushbu tadbir tabiiy ofatlarning oldini olish va avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

custom img

Samarqandda Qoradaryoda ahvoli yomonlashgan erkak qutqarib qolindi

Daryoda cho‘milayotgan fuqaroning birdan sog‘ligi yomonlashib harakatlana olmay qolgan.

custom img

Toshkentda soliq qarzi sabab ko‘chmas mulk xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJning bankdan 14 mln so‘m soliq qarzi bo‘lgan.

custom img

Energetika tizimida bitiruvchilarni ishga qabul qilish boshlandi

Mehnat yarmarkasida 100 dan ortiq bitiruvchi ish beruvchilar bilan uchrashdi, 80 nafardan ortig‘i suhbat bosqichiga yo‘llanma oldi.

custom img

Samarqandda alimentdan qarzdor ota dachadan topildi

Erkakning qarzi 100 mlndan ortiq bo‘lib, ularni to‘lamay kelgan.

custom img

Soliq imtiyozlarini olishning elektron tartibi joriy etildi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha murojaatlari 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

custom img

Qariyb 1800 nafar tadbirkorning elektr energiyasi bo‘yicha imtiyozi tiklandi

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalaridan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov undirish amaliyoti to‘xtatildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"