“Barselona”ning taklifi rad etildi
“Barsa” “Chelsi” himoyachisi va sardori Sezar Aspilikuetani La Ligaga taklif qildi.

“Barselona” 32 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining twitter sahifasida maʼlum qildi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar dekabr oyida boshlangan, biroq Aspilikueta hali yakuniy qarorga kelmagan. “Chelsi” esa ispaniyalik futbolchining qolishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Aspilikueta ingliz klubida 2012 yildan buyon to‘p suradi. Transfermarkt portal himoyachini 11 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda himoyachi Angliya premyer-ligasi doirasida 17 uchrashuvda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “aristokratlar” bilan shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga etadi.
Avvalroq, Kristenson Londonda qolmoqchiligi va “Chelsi” Ryudiger bilan kelisholmayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







